Tishlarni oqartirish: mumkinmi? Zararlimi?
Nashr qilingan
30 Oktabr 2024
Maqolani o'qish vaqti
2 minut

Tishlarni oqartirish – bu faol moddalar yordamida dentinning rangini o’zgartiruvchi kosmetik protsedura. Stomatologiyada tishlarni professional tarzda oqartirishni o’tkazish tavsiya etiladi. Zamonaviy stomatologiya sizga bir nechta turdagi oqartirish usullarini taklif qilishi mumkin, ular xavfsiz, samarali va qulay protseduralar bo’lib, ulardan so’ng tabassumingiz yanada nazokatli  va oqroq ko’rinadi.

Oqartirishning zarari bormi? Bu oqartirish usuliga bog’liq. Tishlarni professional oqartirishda asosiy faol modda – vodorod peroksidi yoki karbamid peroksidi hisoblanadi. Ularning organizmga ta’siri shifokorlar tomonidan o‘rganilgan, shuning uchun bunday professional yondashuvda oqartirish og’iz bo’shlig’i sog’lig’i uchun xavfsizdir.

Shu bilan birga, oqartirishning tishlarga zarari borligini inkor etib bo‘lmaydi. Vodorod peroksidi o‘z ichiga olgan gellar sog‘lom tishlarda ham sezgirlikni biroz oshirishi mumkin. Karies bilan zararlangan va yoriqlari bo‘lgan tishlar, shuningdek, yupqalanib ketgan emal sovuq, issiq va nordon narsalardan noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Shuning uchun protsedurani yiliga 1-2 martadan ko‘p o’tkazmaslik tavsiya etiladi. Uy sharoitida oqartirish tavsiya etilmaydi va har bir kishi buni o’z xavfi va tavakkaliga ko‘ra amalga oshiradi.

Gigiyena qoidalariga rioya qilinganda oq tishlar effekti bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Ammo ayrim hollarda bemorlar bir yildan keyin yana takroriy protseduraga murojaat qilishadi.

Shuning uchun, tabassumingizni uzoq vaqt oq va chiroyli saqlash uchun stomatolog tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilish juda muhimdir.

Sizga tajribali stomatolog kerakmi?
Qabulga yozilish uchun
ariza qoldiring